Zangiota ziyoratgohi sufiy shayx Oy Xo‘janing (XIV asr) qabri atrofida tashkil etilgan va Toshkentdan 15 km uzoqlikda joylashgan. Zangiota (“qora ota”) – shayx terisining rangi tufayli xalq orasida olgan taxallusidir. Bu buyuk so‘fiy hayot davridayoq (XII asr oxiri – XIII asr boshlari) juda mashhur bo‘lib, kelib chiqishi taniqli arab urug‘idan bo‘lgan. Ansamblning qurilishi 14-asrda sohibqiron Amir Temur buyrug‘i bilan boshlangan. Majmua ham butun O‘zbekistondan keluvchi musulmonlar uchun ziyoratgoh ham hisoblanadi. Yodgorlik majmuasiga maqbara, minora, masjid, Zangiotaning rafiqasi Anbar Bibi maqbarasi joylashgan qabriston, shuningdek, katta va chiroyli bog‘ga ega bo‘lgan hovli kiradi. Muqaddas avliyoga turli xil istaklar bilan murojaat qilishadi va har bir kishi Zangiota uni ro‘yobga chiqarishga yordam beradi deb ishonadi.
Tashrif chog’ida talabalar ziyoratgoh tarixi bilan tanishdilar va chuqur taasurotga ega bo’ldilar.