TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI
KOMMUNAL VA MEHNAT GIGIYENASI, EKOLOGIYA KAFEDRASI
Kafedra 1936 yilda tashkil topgan
Kommunal gigiyena kafedrasi va mehnat gigiyenasi kafedrasi 1936-yilda Oʻrta Osiyo davlat universitetining tibbiyot bazasi tarkibida tashkil topgan bo’lib, 2005-yilda kommunal gigiyena kafedrasi va mehnat gigiyenasi kafedrasi birlashtirilib, Toshkent tibbiyot akademiyasining kommunal va mehnat gigiyenasi kafedrasi tashkil etilgan, ularning har biri yetuk olimlar va malakali o‘qituvchilardan iborat shonli tarixga ega.
Vinokurov Pyotr Dmitriyevich (1885-1960 yy.)

T.f.d., professor Vinokurov Pyotr Dmitriyevich (1885-1960 yy.) 1936-1938 yillarda birinchi tashkilotchi va kafedra mudiri bo‘lgan, tibbiyot fanlari doktori (1937), professor (1938). Saratov universitetining tibbiyot fakultetini 1914 yili tamomlagan. RSFSR sog‘liqni saqlash xalq komissariati tomonidan 1937 yili tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasi berilgan.
Kommunal gigiyenaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan 40 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi. Faoliyati davomida to‘rt nafar fan nomzodi tayyorlagan. 1935-1938 yy. O‘zSSR SSV sanitariya, gigiyena, va kasb kasalliklari ITI direktori va ilmiy rahbari lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Аgeev Pyotr Коnstantinovich (1896-1964 yy.)

T.f.d., professor Аgeev Pyotr Коnstantinovich (1896-1964 yy.) 1939-1949 yillarda kafedrani boshqargan, tibbiyot fanlari doktori (1946), professor. 1919 y. Kiyev tibbiyot institutini tamomlagan. Nomzodlik dissertatsiyasini 1940 yili, doktorlik dissertatsiyasini esa 1946 yilda himoya kilgan. 45 ta ilmiy ishlarning muallifi, 10 nafar fan nomzodlarini tayyorlagan. 1938-1947 yy. O‘zRes SSV sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ITI direktori.
Zaxidov Аbdulla Zaxidovich (1910-1977 yy)

T.f.d., professor Zaxidov Аbdulla Zaxidovich (1910-1977 yy) 1949-1960 yillarda kafedrani boshqargan, tibbiyot fanlari nomzodi (1938), umumiy gigiyena kafedrasining dotsenti (1947), Respublikada xizmat ko‘rsatgan shifokor (1958), umumiy gigiyena kafedrasining professori (1967), SSSR TFA muxbir a’zosi (1971), O‘zSSR Fan va texnika sohasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1963), KK ASSR Fan va texnika sohasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1965).
150 dan ortiq ilmiy ishlar, uslubiy tavsiyanomalar, risolalar, monografiyalarning muallifi, Uning rahbarligida to‘rt nafar doktorlik va 23 nafar nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Sanitariya-gigiyena fakulteti dekani lavozimida o‘rindosh sifatida (1948-1950, 1969-1970) faoliyatini olib borgan, 1950-1966 yy. O‘zSSR SSV SGKK ITI instituti direktori. 1966 yilda «Mehnat qizil bayroq» ordeni bilan mukofotlangan.
Babadjanov Sattar Nazimovich (1915-1977 yy)

T.f.d., professor Babadjanov Sattar Nazimovich (1915-1977 yy.) 1967-1972 yillarda kafedrani boshqargan, tibbiyot fanlari doktori, professor. 1934-1939 yy. ToshDavTIni tamomlagan. 1942 y. nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1947-1967 yy. ToshDavTI umumiy gigi-yena kafedrasining mudiri. 1946 y. «1941–1945 UVU fidokorona mehnati uchun» medali bilan taqdirlangan. 1950-1955 yy. ToshDavTI sanitariya-gigiyena fakulteti dekani. 1967-1972 yy. ToshDavTI kommunal gigiyena kafedrasining mudiri. 1972 y. ToshDavTI kommunal gigiyena kafedrasida professor-maslaxatchi. Respublika sog‘liqni saqlash tizimidagi xizmatlarini inobatga olib, Birinchi ToshDavTI umumiy gigiyena kafedrasiga tibbiyot fanlari doktori, professor Sattar Nazimovich Babadjanovning nomi berilgan.
Xikmatullayeva Shoira Sunnatovna (1938-2010 yy)

T.f.n.,, dotsent Xikmatullayeva Shoira Sunnatovna (1938-2010 yy.) 1984-1987 yillarda kafedrani boshqargan, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent (1967) Gigiyenist. 1963 yili ToshDavTI sanita¬riya-gigiyena fakultetini tamomlagan. 1966 yildan ToshDavTI kommunal gigiyena kafedrasida assistent, dotsentlik lavozimida ishlagan. 1984-1987 yy. kafedra mudiri. 74 ta ilmiy ishlar, 18 ta o‘quv uslubiy ko‘rsatmalar va ishlanmalar muallifi. «Mehnat faxriysi» medali bilan taqdirlangan.
Iskandarov Тulkin Iskandarovich

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan vrach Iskandarov Тulkin Iskandarovich yillarda kafedrani boshqargan, o‘zbek olimi, gigiyenist, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan vrach. 1962 yilda Toshkent tibbiyot institutining sanitariya-gigiyena fakultetini tamomlagan. Gigiyena, ekologiya va toksikologiya masalalari yoritilgan 793 ta ilmiy ishlar, shu jumladan: 36 ta monografiya, 12 ta darsliklar, ixtiro uchun 81 ta mualliflik guvohnomasi va patentlar, 68 ta sanitariya me’yorlari, qoidalari va O‘zRes sining gigiyenik normativlari, 132 ta uslubiy ko‘rsatma va tavsiyanomalari muallifidir. Uning tahriri ostida 50 ta ilmiy ishlar va konferensiya materiallari to‘plami chop etilgan. U O‘zbekistan gigiyenistlari va toksikologlarining ulkan ilmiy maktabini yaratdi, uning raxbarligida 100 dan ortik fan doktorlari va nomzodlari tayyorlandi (27 nafar fan doktorlari va 76 nafar fan nomzodlari). 1972 yildan 2002 yilgacha kommunal gigiyena kafedrasini boshqarib keldi.
1974 yili doktorlik dissertatsiyasini yoqladi, 1977 yildan professor, 1989 yil¬dan O‘zRes Fanlar akademiyasining Ekologiya mutaxassisligi buyicha muxbir a’zosi, 2000 yildan O‘zRes FA sining Akademigi, 2006 yildan Rossiyaning Tibbiyot va texnika fanlar akademiyasining akademigi. 2000 yilda Angliyaning Kembridj universitetini «20 asrning buyuk odamlari» medali bilan takdirlandi, uning nomi Kembridj universitetida tuzilgan va chop etilgan «20 asrning buyuk odamlari» ro‘yxatiga kiritildi.
1980 yildan 1989 yilgacha – O‘zRes SSV qoshidagi Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadkikot institutining direktori. 1989 yildan 1995 yilgacha – O‘zbekistan Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari, O‘zbekistan Respublikasi bosh davlat sanitariya vrachi. 1995 yildan 2010 yilgacha – Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti direktori. 2010 yildan hozirgi vaqtgacha – Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituta loyiha rahbari, pestitsidlar gigiyena va toksikologiya laboratoriya mudiri. 2017 yildan hozirgi vaqtgacha – Toshkent tibbiyot akademiyasi «Kommunal va mehnat gigiyenasi» kafedrasining jamoatchilik asosida professor- maslahatchi.
Halqaro (Bolgariyada, Meksikada, Jazoirda, Germaniyada, Angliyada, AQShda, Shveysariyada, Yaponiyada, Turkiyada) va respublika anjumanlarida ilmiy ma’ruzalar o‘qigan.
Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ITI va Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy kengash a’zosi; O‘zbekiston vrachlar assotsiatsiyasi raisining o‘rinbosari; O‘zbekiston vrachlar assotsiatsiyasida gigiyenist va sanitar vrachlar bo‘limi raisi; «O‘zbekiston vrachlar assotsiatsiyasi byulleteni» jurnalining taxririyat kengashi raisi; «O‘zbekiston tibbiyot jurnali»ning taxririyat a’zosi; «Nazariy va klinik tibbiyot jurnali»ning taxririyat a’zosi; «O‘zbekiston vrachlar assotsiatsiyasi byulleteni» jurnalining bosh muharriri bo‘lib ishlab kelmoqda.
T. Iskandarov sog‘liqni saqlash sohasida ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelmoqda, ilmiy va jamoatchilik faoliyati davrida o‘zini yorqin iste’dodini va ijodini namoyon qildi, uning vatanparvarligi, Vatanga bo‘lgan muxabbati va istiqlol g‘oyalariga sadoqati uchun el-yurt o‘rtasida katta hurmat qozondi, ular milliy g‘oyani rivojlantirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish, yosh avlodni tarbiyalash ishlarida o‘zining katta hissasini qo‘shdi. T. Iskandarov o‘zining tibbiyot sohasida ko‘rsatgan fidokorona mehnatlari uchun 1981 yil – «Hurmat belgisi» ordeni, 1983 yil – «Sog‘liqni saqlash a’lochisi», 1984 yil – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan vrach, 1986 yil – «Mehnat Qizil bayroq» ordeni, 1987 yil – «Oliy ma’rifat sohasida a’lo xizmatlari uchun»; 1989 yil – «Mehnat faxriysi» medali; 2003 yil – «O‘zbekistan Fanlar akademiyasi 60 yilligi» ko‘krak nishoni; 2017 yil – «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 25 yilligi» esdalik nishoni; 2019 yil – «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni, 2021-yilda – “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
Demidenko Nina Мixaylovna (1925-2006 yy.)

T.f.d., professor Demidenko Nina Мixaylovna (1925-2006 yy.) 1967-1993 yillarda kafedrani boshqargan, tibbiyot fanlari doktori, professor. O’zbekiston respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi, gigiyenist. 1949 yil ToshDavTIni tamomlagan. Kafedrada 1949-1967 yy. N.М. Demidenko – aspirant, assistant, dotsent, 1967-yildan kafedra mudiri, 1992-yildan professor, 1996-yildan professor-maslahatchi lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan. 1953-yili nomzodlik, 1970-yili esa doktorlik dissertasiyalarini himoya qilgan. Uning rahbarligida 18 nafar fan nomzodi tayyorlangan.
Umarov Gafur Axmadaliyevich (1955-2007 yy.)

T.f.n, dotsent Umarov Gafur Axmadaliyevich (1955-2007 yy.) 1996-2005 yillarda kafedrani boshqargan, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, gigiyenist. 1984 yili ToshDavTIni tamomlagan. 1984-1986 yy. umumiy gigiyena kafedrasida assistent, aspirant, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida, kafedra mudiri, 1998 yildan 2005 yilgacha mehnat gigiyenasi kafedrasining mudiri lavozimlarida ishlagan. 1998-2003 – II ToshDavTI Ma’naviyat va ma’rifat ishlari buyicha prorektor vazifasini bajargan. 1993 yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 45 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.
