
Toshkent davlat tibbiyot universiteti
“Kommunal va mehnat gigiyenasi, ekologiya” kafedrasi assistenti, mustaqil izlanuvchi.
1987-yil 16-sentabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida tug‘ilgan.
Oliy ma’lumotli mutaxassis. 2011-yilda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialini, 2013-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini (mehnat gigiyenasi yo‘nalishi magistraturasi) tamomlagan.
Mutaxassisligi — umumiy gigiyenist shifokor, epidemiolog.
Rus va ingliz tillarini biladi.
Mehnat faoliyati davomida tibbiyot ta’limi hamda sanitariya-epidemiologiya sohasida faoliyat olib borgan. Turli yillarda tibbiyot institutlari kafedralarida assistent, sanitariya shifokori, fakultet dekani o‘rinbosari, magistratura bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Hozirgi vaqtda kommunal va mehnat gigiyenasi, ekologiya yo‘nalishlarida ilmiy va pedagogik faoliyat olib bormoqda.
