Ma’naviy va ma’rifiy ishlar

 

2026-yil 23-may kuniToshkent davlat tibbiyot universiteti Tibbiy profilaktika ishi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar bilan ishlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olishlari uchun qulay sharoit yaratish hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlash maqsadida kafedra tomonidan muntazam ravishda turli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.Jumladan, 1-kurs talabasi Pardaboyeva Shahzoda Shavkat qizi va 2-kurs talabasi Xodjanepesova Tilla Yakubovna bilan o‘quv, tarbiyaviy va ijtimoiy yo‘nalishlarda muntazam ishlar olib borilmoqda. Talabalarning o‘qishdagi faolligi, yashash sharoiti hamda mavjud muammolari o‘rganilib, ularga amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. 2026-yil 23-may kuni Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Kommunal va mehnat gigiyenasi, ekologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan mazkur talabalar uchun xayriya tadbiri tashkil etildi.  Tadbir davomida talabalarga oziq-ovqat mahsulotlari va bayram sovg‘alari topshirildi. Tadbirda kafedra jamoasi vakillari ishtirok etib, talaba qizlarni yaqinlashib kelayotgan muborak Qurbon hayiti bilan tabrikladilar, ularga sog‘lik-salomatlik, o‘qishlarida muvaffaqiyatlar va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladilar. Suhbat davomida yoshlarga yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda kasbiy bilimlarni chuqur egallash zarurligi haqida tavsiyalar berildi. Talabalar o‘z navbatida universitet rahbariyati va kafedra jamoasi tomonidan ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor, g‘amxo‘rlik va qo‘llab-quvvatlash uchun samimiy minnatdorchilik bildirdilar. Mazkur tadbir yoshlar qalbida mehr-oqibat, insonparvarlik va saxovat kabi milliy qadriyatlarni mustahkamlashga, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

Kommunal va mеhnat gigiyenasi, ekologiya kafеdrasi professor-o‘qituvchilari  8-sonli TTJ ga doimiy ravishda tashrif buyuradilar. 1-qavatdagi talabalar xonalariga xodimlar biriktirilgan. 106-xona M.N.Tashpulatova, 107- xona U.A.Xadjayeva, 110-xona M.B.Safarov, 111-xona V.A.Rashidov, 112-xona A.M.  Ubbiniyazova, 113-xona G.A. Islamova. Xodimlar tashrif chog‘ida biriktirilgan xonalardagi talabalar sharoitlari bilan tanishib, kerakli mavzular bo‘yicha suhbatlar o‘tkazadilar.

Tibbiy profilaktika ishi ta’lim yo‘nalishi S22-01 guruh talabalariga assistent Ubbiniyazova A.M., S22-05 guruh talabalariga assistent Rashidov V.A., S22-06 guruh talabalariga assistent Safarov M.B. murabbiylik qilishadi, reja va hisobotlari mavjud.   

Professor-o‘qituvchilar orasida xuquqbuzarlik sodir etilishi va odob ahloq qoidalariga amal qilmaslik holatlari kuzatilmadi.

 


 

2026-yil 7-may kuni Xotira va qadrlash kuni kuni munosabati bilan xalqimizning tarixiy xotirasini asrash, faxriylar va yoshi ulug‘ insonlarga hurmat ko‘rsatish, mehr-oqibat va insonparvarlik fazilatlarini ulug‘lashga xizmat qiluvchi muhim sana hisoblanadi. Mazkur sana munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Kommunal va mehnat gigiyenasi, ekologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.  Tadbirda Tibbiy profilaktika ishi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba-qizlar bilan samimiy muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida talabalarga yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, keksa avlod vakillariga hurmat ko‘rsatish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalar bilan ularning o‘qish jarayoni, yashash sharoiti va kelgusidagi maqsadlari yuzasidan suhbat olib borildi. Tadbir yakunida kafedra jamoasi tomonidan talabalarga oziq-ovqat mahsulotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi. Ushbu xayriya aksiyasi yoshlar qalbida mehr-shafqat, insoniylik va o‘zaro hamjihatlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi. Talabalar o‘zlariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun universitet rahbariyati hamda kafedra jamoasiga samimiy minnatdorchilik bildirdilar.

 


 

2026-yil 7-may kuni Kommunal va mehnat gigiyenasi, ekologiya kafedrasi konsultant professori, t.f.d., akademik Iskandarov Tulkin Iskandarovich Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan tashkil etilgan 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirga aziz mehmon sifatida tashrif buyurdilar. Tadbir “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yoʻlidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida oʻtkazilib, unda faxriylar, professor-oʻqituvchilar, talabalar hamda universitet rahbariyati ishtirok etdi.

Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, Afgʻon urushi faxriylari hamda universitetda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan ustoz va xodimlar xotirasi yod etildi. Jumladan, 7 nafar Afgʻon urushi ishtirokchisi, 8 nafar marhum faxriy ustoz va 14 nafar nafaqadagi professor-oʻqituvchilarga alohida hurmat ko‘rsatilib, esdalik sovgʻalari topshirildi.

Universitetning Tibbiy profilaktika ishi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar — 1-kurs talabasi Pardaboyeva Shahzoda Shavkat qizi hamda 2-kurs talabasi Xodjanepesova Tilla Yakubovna bilan muntazam ravishda o‘quv, tarbiyaviy va ijtimoiy yo‘nalishlarda tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, ularning o‘quv jarayonidagi faolligini oshirish, fanlarni puxta o‘zlashtirishiga ko‘maklashish, ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish, vatanparvarlik va kasbiy mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan suhbatlar va uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Shuningdek, talabalarning yashash sharoiti, ijtimoiy ahvoli hamda ehtiyojlari muntazam o‘rganilib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, mavjud muammolarini hal etishda amaliy ko‘mak berish choralari ko‘rilmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarga doimiy e’tibor qaratilib, ularning oliy ta’lim muassasasida munosib tahsil olishi, ijtimoiy faolligini oshirishi va kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga ko‘maklashish maqsadida zarur tavsiya va maslahatlar berib borilmoqda.

 


 

28.04.2026 yilda Zangiota ziyoratgohiga tashrif buyurdilar.  Zangiota ziyoratgohi sufiy shayx Oy Xo‘janing (XIV asr) qabri atrofida tashkil etilgan va Toshkentdan 15 km uzoqlikda joylashgan. Zangiota (“qora ota”) – shayx terisining rangi tufayli xalq orasida olgan taxallusidir. Bu buyuk so‘fiy hayot davridayoq (XII asr oxiri – XIII asr boshlari) juda mashhur bo‘lib, kelib chiqishi taniqli arab urug‘idan bo‘lgan. Ansamblning qurilishi 14-asrda sohibqiron Amir Temur buyrug‘i bilan boshlangan. Majmua ham butun O‘zbekistondan keluvchi musulmonlar uchun ziyoratgoh ham hisoblanadi. Yodgorlik majmuasiga maqbara, minora, masjid, Zangiotaning rafiqasi Anbar Bibi maqbarasi joylashgan qabriston, shuningdek, katta va chiroyli bog‘ga ega bo‘lgan hovli kiradi. Muqaddas avliyoga turli xil istaklar bilan murojaat qilishadi va har bir kishi Zangiota uni ro‘yobga chiqarishga yordam beradi deb ishonadi. Tashrif chog‘ida talabalar ziyoratgoh tarixi bilan tanishdilar va chuqur taasurotga ega bo‘ldilar.

 


 

2026-yil 6-mart  kuni Kommunal va mehnat gigiyenasi, ekologiya kafedrasi xodimlari Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishi 2 kurs talabalari ishtirokida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayollar va ekologik barqarorlik: atrof-muhitni muhofaza qilishda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni Kommunal va mehnat gigiyenasi, ekologiya kafedrasi mudiri, t.f.d., professor G.T. Iskandarova kirish so‘zi bilan ochib berdilar. O‘z nutqlarida professor G.T. Iskandarova xotin-qizlarning jamiyat taraqqiyotidagi muhim o‘rni, ularning ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ekologik muammolarni hal etishdagi faol ishtiroki haqida alohida ta’kidlab o‘tdilar. Shuningdek, bugungi globallashuv davrida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik muvozanatni saqlash masalalarida xotin-qizlarning tashabbuskorligi va faolligi muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdilar.

Navbatdagi so‘z kafedra dotsenti N.R.Samigovaga berildi. U o‘z ma’ruzasida hozirgi davrda ekologik muammolar, jumladan, atmosfera havosining ifloslanishi, suv resurslarining kamayishi, tuproq degradatsiyasi hamda biologik xilma-xillikning qisqarishi kabi muammolar insoniyat oldida turgan dolzarb masalalardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga, ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni rivojlantirish va ekologik ta’limni keng targ‘ib qilish zarurligi alohida qayd etildi. Tadbir davomida Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishi 2 kurs talabalari tomonidan Atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash, yashil hududlarni kengaytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish hamda ekologik ongni oshirish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar va taqdimotlar namoyish etildi. Shuningdek, 8-mart bayrami munosabati bilan xotin-qizlarga bag‘ishlangan she’rlar o‘qildi hamda samimiy tabrik so‘zlari bildirildi.

Tadbir jarayonida talabalarga ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni mustahkamlash hamda kelajak avlod uchun sog‘lom va barqaror atrof-muhitni saqlab qolish masalalari yuzasidan keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etildi. Tadbir yakunida Kommunal va mehnat gigiyenasi, ekologiya kafedrasi mudiri, t.f.d., professor G.T. Iskandarova barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirib, bunday ilmiy-ma’rifiy tadbirlar talabalarning ekologik bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularda tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda ekologik madaniyatni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar. Mazkur tadbir barcha ishtirokchilarda katta qiziqish va ijobiy taassurot qoldirdi.

Kommunal va mеhnat gigiyenasi, ekologiya kafеdrasi professor-o‘qituvchilari va Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakultetining 4-kurs talabalari bilan birgalikda

 


 

2025-yil 1-noyabr kuni Kommunal va mehnat gigiyenasi, ekologiya kafedrasi xodimlari Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida joylashgan “Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi” ga tashrif buyurdilar. Texnikum Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahri, Toshkent ko‘chasi 56-uy manzilida joylashgan.  U Yangiyo‘l tuman markaziy kasalxonasi yaqinida joylashgani sababli talabalar amaliyot o‘tashi uchun qulay imkoniyatlarga ega. Muassasada asosan tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Jumladan: hamshiralik ishi, feldsherlik, akusherlik, farmatsiya, jamoat salomatligi yo‘nalishlari mavjud. Talabalar nazariy bilim bilan birga amaliy ko‘nikmalarni ham egallaydilar.  Muassasa avval “Yangiyo‘l tibbiyot kolleji” nomi bilan faoliyat yuritgan. Keyinchalik O‘zbekistondagi ta’lim tizimidagi islohotlar asosida texnikum shakliga o‘tkazilgan va “Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi” deb nomlangan. Ushbu maskan uzoq yillardan buyon tibbiyot sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlayotgan muhim ta’lim maskanlaridan biridir. Bu yerda yoshlar tibbiyot sirlarini o‘rganib, xalq salomatligi yo‘lida xizmat qilish uchun tayyorlanadilar.

 


 

2025-yil 13-oktyabr kuni Zangiota ziyoratgohiga tashrif uyushtirildi.  Ushbu joy Oʻzbekistondagi eng mashhur tarixiy va diniy maskanlardan biri bo‘lib, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan. Bu majmua XIII–XIV asrlarda yashagan mashhur tasavvuf vakili va din arbobi Zangiota nomi bilan bog‘liq. Zangiota asl ismi Oyxo‘ja ibn Tojxo‘ja bo‘lgan. U Ahmad Yassaviy tariqatining davomchilaridan biri sifatida tanilgan. Xalq orasida mehribonligi, kambag‘allarga yordam berishi va donoligi bilan mashhur bo‘lgan. “Zangi” so‘zi qora tanli yoki bug‘doyrang ma’nosini bildiradi, “ota” esa hurmat ifodasidir. Shu sababli u kishini xalq “Zangiota” deb atagan. Zangiota ziyoratgohi xalqimizning boy tarixiy, diniy va ma’naviy merosini aks ettiruvchi noyob maskandir. U insonlarni ezgulik, sabr, mehr-oqibat va poklikka chorlaydi.

 


 

Kommunal va mehnat gigiyenasi, ekologiya kafedrasida 2025 yil 8-sentyabr kuni “Vatan uchun yashaylik” mavzusida mustaqillik darsi bo‘lib o‘tdi. So‘zga birinchi bo‘lib kafedra mudiri, professor Iskandarova G.T. chiqib, barchani mustaqillik bayrami bilan tabrikladilar va mustaqillik darsini olib bordilar. “Vatan uchun yashaylik!” — bu nafaqat shior, balki har bir insonning hayotiy maqsadi, burchi va mas’uliyatini anglatuvchi g‘oyadir. Vatan — inson tug‘ilib o‘sgan, tili, tarixi, qadriyatlari va millati bilan bog‘langan muqaddas maskandir. Vatanni sevish uning taraqqiyoti, tinchligi va kelajagi uchun xizmat qilish demakdir. Mustaqillik tufayli xalqimiz o‘z tili, dini, qadriyatlari va milliy an’analarini erkin rivojlantirmoqda. Shu bois mustaqillikni asrash va uni qadrlash har bir fuqaroning muqaddas burchidir.  “Vatan uchun yashaylik!” g‘oyasi insonlarni yurtga sadoqat, mehr va fidoyilikka chorlaydi. Vatan taraqqiyoti uchun xizmat qilish — eng oliy baxt va sharafdir. Har birimiz yaxshi ishlarimiz, bilimimiz va halol mehnatimiz bilan Vatan ravnaqiga hissa qo‘shishimiz kerak.

Kommunal va mehnat gigiyenasi, ekologiya kafedrasi xodimlari tomonidan

 


 

Kommunal va mehnat gigiyenasi, ekologiya kafedrasining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha olib borilgan ishlari yillik hisoboti

Toshkеnt davlat tibbiyot universiteti Kommunal va mehnat gigiyenasi, ekologiya kafedrasida ish rejasi tuzilgan bo‘lib, Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekani tomonidan tasdiqlangan va shu reja asosida ma’naviyat va ma’rifat ishlari olib borildi. PF, PQ, VMQ, vazirliklar topshiriqlarni sifatli bajarilishi doimiy ravishda nazorat qilindi.  ToshDavTU  ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan “Kelajak soati” har haftaning dushanba kuni soat 800-840 bo‘lgan vaqtlarda akademik litsey majlislar zalida ma’ruzalar o‘qidi va kafaedradagi barcha professor-o‘qituvchilar va talabalar zoom platformasi orqali muntazam ravishda qatnashadilar.

 


 

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TIBBIY PROFILAKTIKA VA JAMOAT SALOMATLIGI, EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI VA KIMYO FAKULTETI KOMMUNAL VA MЕHNAT GIGIYENASI KAFЕDRASIDA O‘TKAZILGAN TADBIR

2025-yil 11-mart  kuni Kommunal va mehnat gigiyenasi kafedrasi xodimlari hamda Tibbiy profilaktika ishi ta’lim yo‘nalishi 5-kurs talabalari tomonidan “Atrof muhit ekologiyasi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Kommunal va mehnat gigiyenasi kafedrasi mudiri t.f.d., professor G.T.Iskandarova  kirish so‘zi bilan ochib berdilar. Navbatdagi so‘z o‘qituvchi G.A.Islamovaga berildi, hozirgi vaqtda atrof muhitning ifloslanishi jiddiy global muammolardan biri hisoblanganligi,asosiy muammolar: havo ifloslanishi – sanoat chiqindilari, avtomobillar gazlari, yonilg‘i mahsulotlarining yoqilishi tufayli atmosferaning zararlanishi, suv resurslarining ifloslanishi – sanoat va maishiy chiqindilarning daryolar, dengizlar va yer osti suvlarga tushishi, tuproq degradatsiyasi – noto‘g‘ri qishloq xo‘jaligi, o‘rmonlarning kesilishi va kimyoviy moddalar tuproq unumdorligini kamaytirishi, biologik xilma-xillikning kamayishi – hayvon va o‘simlik turlarining yo‘qolishi, iqlim o‘zgarishi – global isish va uning oqibatlari inson faoliyatining intensivlashuvi (sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi) yetarli emasligi ta’kidlab o‘tdilar. Tadbirda talabalar qayta tiklanmaydigan energiya manbalaridan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza e’tibor qilish,  atrof muhitni himoya qilish har bir insonning vazifasi, ekologik muammolarni hal qilish uchun davlat, jamoatchilik va har bir shaxs o‘z hissasini qo‘shish, tabiyatni asrash kelajak avlodlar uchun barqaror hayot kafolati haqida doklad bilan chiqishd So‘ngra tadbirda yig‘ilganlarga qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish (quyosh, shamol, suv energiyasi), chiqindilarni qayta ishlash va kamaytirish, ekologik ta’lim va ongni oshirish, yashil hududlarni ko‘paytirish va o‘rmonlarni asrash, transport vositalaridan oqilona foydalanish (jamoat transporti, velosiped, elektrotransportlar) haqida tanishtirildi. Shundan so‘ng Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari tomonidan tayyorlangan atrof-muhit ifloslantiruvchi manbalar haqida video rolik taqdim etildi. Bilimga chanqoq talabalarimiz atrof-muhit ifloslantiruvchi manbalar, atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etdilar. Tadbir so‘nggida Kommunal va Mehnat gigiyenasi kafedrasi mudiri, t.f.d., professor G.T.Iskandarova talabalarimizga katta minnatdorchilik bildirib, tadbir juda qiziqarli o‘tganligini ta’kidlab tadbirga yakun yasadilar. Yig‘ilish barchada juda katta taassurot qoldirdi.

 


 

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TIBBIY PROFILAKTIKA VA JAMOAT SALOMATLIGI, EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI VA KIMYO FAKULTETI KOMMUNAL VA MЕHNAT GIGIYENASI KAFЕDRASIDA O‘TKAZILGAN TADBIR BAYONNOMASI

2024- yil 7-dekabr  kuni Kommunal va mehnat gigiyenasi kafedrasi xodimlari hamda Tibbiy profilaktika ishi ta’lim yo‘nalishi 5-kurs talabalari tomonidan Konstitutsiya bayrami munosabati bilan “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadir davlatimiz madhiyasini ijro etish bilan boshlandi. Tadbirni Kommunal va mehnat gigiyenasi kafedrasi mudiri t.f.d., professor G.T.Iskandarova  kirish so‘zi bilan ochib berdilar. Navbatdagi so‘z katta o‘qituvchi, PhD M.N.Tashpulatovaga berildi, Konstitutsiyamizda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish borasida hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatimizni anglagan holda, davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixiy tajribasiga, shuningdek jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga tayanib, mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini ko‘paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilib, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan holda, O‘zbekistonning jahon hamjamiyati, eng avvalo, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlarini hamkorlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosida mustahkamlash hamda rivojlantirishga intilib, fuqarolarning munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni, ko‘p millatli jonajon O‘zbekistonimizning farovonligini va gullab-yashnashini ta’minlashni maqsad qilinganligini ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbirda talabalar mustaqilligimizni tarannum etuvchi musiqalar ostida Konstitutsiyaga oid  she’rlar o‘qishdi. So‘ngra tadbirda yig‘ilganlarga Konstitutsiya tarihi, Konstitutsiyani qabul qilish bosqichlari, Konstitutsiya bo‘limlari, boblari, moddalari, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlar, fuqarolarimiz huquqlari, erkinliklari, majburiyatlari, demokratik davlat haqida tanishtirildi. Ma’lumotlar asosida interaktiv o‘yinlar o‘tkazildi. G‘olib bo‘lgan talabalarga esdalik sovg‘alar taqdim etildi. Shundan so‘ng Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari tomonidan tayyorlangan Konstitutsiyamiz haqida bilimlarini sinash maqsadida tasvirga olingan video rolik taqdim etildi. Bilimga chanqoq talabalarimiz Konstitutsiyamizdagi moddalar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etdilar. San’atga oshno talabamiz tomonidan jonli kuy qo‘shiqlar ijro etildi. Iqtidorli talabalarimiz Konstitsiyamizni  rangli qalamlarda chiroyli qilib chizib tasvirlab berdilar.

Tadbir so‘nggida Kommunal va Mehnat gigiyenasi kaferasi mudiri, t.f.d., professor G.T.Iskandarova talabalarimizni Konstitutsiya bayrami bilan tabriklab chiroyli tilaklar bildirdilar. Katta minnatdorchilik bildirib, tadbir juda qiziqarli o‘tganligini ta’kidlab tadbirga yakun yasadilar.   Davlatimiz ramzi bo‘lmish bayrog‘imiz ostida esdalik uchun su’ratga tushdik. Yig‘ilish barchada juda katta taassurot qoldirdi.

 


 

2022 yil 22 oktyabr kuni Toshkent shahxridagi Yunus-Obod tumanida joylashgan shaxar bolalar uyiga Toshekent tibbiyot akademiyasi Kommunal va mehnat gigiyenasi kafedrasi professor o’qituvichlar tashrif buyurdi.

 


 

Qadrli ustozlar, mehridaryo o‘qituvchi va murabbiylar!

2022 yil 26sentabr kuni Toshkent shahridagi muxtasham,A.Novoiy nomidagi Kinochilar saroyida Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan katta qo’sh bayram:1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” va 1-kurs talabalarini shifokorlik qasamyodini qabul qilish tadbiri o’tkazildi.

Unda Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti Kommunal va mehnat gigiyenasi o’qituvchisi Yusupho’jaeva A.M taqdirlandi.Barcha t Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti Kommunal va mehnat gigiyenasi kafedra hodimlari nomidan barcha o’qituvchi va murabbiylarni sizlarni va siz orqali o‘zining ilmu salohiyatini, kuch-g‘ayratini yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdek sharafli va mas’uliyatli ishga bag‘ishlab kelayotgan barcha soha fidoyilarini bugungi ulug‘ bayram “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.Hayotda inson kim bo‘lmasin, qaysi sohada mehnat qilamasin shubhasiz, uning kamolotida o‘qituvchi va murabbiylarning beqiyos hissasi bor.Har bir sohada dunyodagi eng sharafli va mashaqqatli kasb egasi bo‘lgan Siz azizlarni shu jumladan, Kommunal va mehnat gigiyena sohasida ham yoshlarga bilim va malakasini oshirishga qo‘shayotgan samarali mehnatingiz uchun tashakkur bildiramiz!Siz azizlarni “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan yana bir bor chin qalbimizdan samimiy qutlab qolamiz.Barchangizga mustahkam sihat-salomatlik,xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Sharafli kasbingiz ortidan hamisha shogirdlar va el-yurt ardog‘ida bo‘ling, qadrli ustozlar!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

 


 

Kommunal va mehnat gigiyenasi kafedrasida 31 may «Xalqaro chekishga qarshi kurash kuni» munosabati bilan “Sen chekishni tashlashing kerak” shiori ostida tadbir o’tkazildi

 


 

Kommunal va mеhnat gigiyenasi kafеdrasi katta o’qituvchisi Yusupxo’jayeva A.M., assistant Tashpulatova M.N. va tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakul’tetining 5-kurs talabalari bilan birgalikda 21.10.2021 yilda Zangiota ziyoratgohiga tashrif buyurdilar.

Zangiota ziyoratgohi sufiy shayx Oy Xo‘janing (XIV asr) qabri atrofida tashkil etilgan va Toshkentdan 15 km uzoqlikda joylashgan. Zangiota (“qora ota”) – shayx terisining rangi tufayli xalq orasida olgan taxallusidir. Bu buyuk so‘fiy hayot davridayoq (XII asr oxiri – XIII asr boshlari) juda mashhur bo‘lib, kelib chiqishi taniqli arab urug‘idan bo‘lgan. Ansamblning qurilishi 14-asrda sohibqiron Amir Temur buyrug‘i bilan boshlangan. Majmua ham butun O‘zbekistondan keluvchi musulmonlar uchun ziyoratgoh ham hisoblanadi. Yodgorlik majmuasiga maqbara, minora, masjid, Zangiotaning rafiqasi Anbar Bibi maqbarasi joylashgan qabriston, shuningdek, katta va chiroyli bog‘ga ega bo‘lgan hovli kiradi. Muqaddas avliyoga turli xil istaklar bilan murojaat qilishadi va har bir kishi Zangiota uni ro‘yobga chiqarishga yordam beradi deb ishonadi. Tashrif chog’ida talabalar ziyoratgoh tarixi bilan tanishdilar va chuqur taasurotga ega bo’ldilar.