Anjumanlar

“Urbanizatsiya va globolizatsiya sharoitida ekologik muammolar va ularni aholi salomatligiga ta’siri”

Ushbuanjumanda respublika oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot markazlari xodimlari hamda amaliyotchi mutaxassislarning ekologiya va jamoat salomatligiga oid innovatsion g‘oya va ishlanmalari muhokama qilinadi. Natijada atrof-muhit muammolarini kamaytirish, aholi salomatligini muhofaza qilish va kasalliklarning oldini olishga qaratilgan ilmiy xulosalar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi, ularni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun sharoit yaratiladi. Shuningdek, yosh olimlar va talabalar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari tahlil qilinib, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish va amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari kengaytiriladi.     


 

«Profilaktik tibbiyot yutuqlari zamonaviy sharoitlarda aholi salomatligi va farovonligini saqlashning asosi sifatida»


 

“MЕHNAT GIGIYENASI” FANI BO‘YICHA II XALQARO TALABALAR FAN OLIMPIADASI BO‘YICHA

        Tadbir boshida rais, ToshDavTU Kommunal va mehnat gigiyenasi, ekologiya kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Iskandarova Guzal Tulkinovna so‘zga chiqib, ishtirokchilarni tabrilkadilar va barchaga zafarlar tilagan holda olimpiyadani ochiq deb e’lon qildilar. So‘ng, moderator Samigova Nargiz Raimovna anjuman hay’at a’zolari va anjuman reglamenti bilan tanishtirib o‘tdi. Olimpiyadada 15 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etdi. 10:20 da ishtirokchilar uchun ochilgan maxsus telegram guruhiga google test uchun havola yuborildi va ishtirokchilar birinchi bosqich testlarini yechdilar. Test savollariga javob qabul qilinishi soat 10:50 da yakunlandi.

           Natijalarga ko‘ra so‘ngi eng yuqori ball olgan v aqisqa vaqt ichida yechgan 15 nafar ishtirokchi ikkinchi bosqichga o‘tdi. Ikkinchi bosqich 11:00 da boshlandi. Talabalar zoom platformasida biletlar tanlagan holda berilgan vaziyatli masalalarni 3-5 daqiqada vaziyatli masalaning savollariga og‘zaki javob berdilar. Ishtirokchilarga qo‘shimcha savollar berildi. Ikkinchi bosqich 12:30 da yakunlandi.


 

“KOMMUNAL GIGIYENA” FANI BO‘YICHA III RESPUBLIKA TALABALAR FAN OLIMPIADASI BO‘YICHA

O‘tkazilgan sana:         2026-yil 05May kuni

 


 

«Gigiyena fanlarini o‘rganishda ekologik ta’limning zamonaviy jihatlari» mavzusidagi xalqaro o‘quv-uslubiy konferensiya

01/05/2025

KOMMUNAL VA MEHNAT GIGIYENASI KAFEDRASI
I.YA. YAKOVLEV NOMIDAGI CHUVASHIYA DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITET

O‘quv-uslubiy konferensiya 2026-yil 26-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 10.00 da (sirtdan) bo‘lib o‘tkazildi

 


 

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI KOMMUNAL VA MEHNAT GIGIYENASI KAFEDRASI I.YA. YAKOVLEV NOMIDAGI CHUVASHIYA DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI OSTONA TIBBIYOT UNIVERSITETI

01/04/2025

Toshkent tibbiyot akademiyasida “Zamonaviy sharoitda atrof-muhitni muhofaza qilishning dolzarb muammolari va sog‘liq uchun xavflar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjuman atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik muammolar va inson salomatligiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilishga bag‘ishlandi.Konferensiya onlayn tarzda zoom platformasi orqali tashkil etildi. Unda Toshkent tibbiyot akademiyasining Kommunal va mehnat gigiyenasi kafedrasi vakillari, I.Ya. Yakovlev nomidagi Chuvashiya Davlat Pedagogika Universiteti mutaxassislari hamda Ostona Tibbiyot Universiteti mas’ullari ishtirok etdilar.Anjuman davomida atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavflarning inson salomatligiga ta’siri, mehnat gigiyenasi va kasbiy kasalliklarning oldini olish borasida ilmiy ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, xalqaro hamkorlik doirasida ekologik va sanitariya-gigiyena tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha muhim takliflar ilgari surildi.Mazkur konferensiya atrof-muhit va sog‘liqni saqlash sohasida ilmiy izlanishlarni rivojlantirish hamda xalqaro tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

 


 

Toshkent tibbiyot akademiyasida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi

TTA Kommunal va mehnat gigiyenasi kafedrasi tomonidan “Profilaktik tibbiyotning dolzarb muammolari va ularning yechimlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.

📌 Anjumanda profilaktik tibbiyotning bugungi kundagi muhim masalalari muhokama qilindi, ilg‘or ilmiy izlanishlar taqdim etildi hamda tajriba almashish imkoniyati yaratildi.

🌍 Xorijlik talabalar ham ushbu ilmiy anjumanda faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.