
T.f.d., professor Iskandarova Guzal Tulkinovna kafedra mudiri sifatida 2003 yildan buyon pedagogik va ilmiy faoliyatini olib bormoqda. U gigiyena, toksikologiya va ekologiya bo’yicha mutaxassis.
Toshkent davlat tibbiyot institutini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1990 yili nomzodlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi, 1996 yili doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi, 1999 yilda professor ilmiy unvoni berilgan. Rossiya Federatsiyasi Tibbiyot va texnika fanlari akademiyasining muxbir a’zosi. Uning rahbarligida bir qancha fan nomzodlari va magistrik dissertatsiyalari tayyorlandi. Uning rahbarligi ostida kafedrada rejalashtirilgan va tasdiqlangan muammoli mavzular — gigiyena, ekologiya, toksikologiya, atrof-muhitni muhofazalash va ishlovchilar sog‘ligini saqlash yunalishlari buyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 670 dan ortiq ilmiy ishlar, 12 ta mualliflik guvohnomalari va patentlar, 10 ta monografiya, 8 ta darslik, 97 ta oʻquv qoʻllanma va 59 ta Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya qoidalari va normalari muallifi.
